Uy sharoitida allergiyaga qarshi kurashamiz!

Uy sharoitida allergiyaga qarshi kurashamiz!
  • SABABLARI

-Chang, quyosh (ultrabinafsha nurlanish), dori moddalari (antibiotiklar), oziq-ovqat (yong’oq, tuxum, dukkaklilar, asal.), xashoratlar chaqishi hayvonlarning yungi va so’lagi, matolar, metal, ximik tozalovchi moddalar, gigiyena vositalari, gul changi.

  • BELGILARI

-Allergik astma (yo’tal, xansirash, nafas a`zolari buzilishi.); -Allergik tumov (aksirish, burun shilliq qavati qichishishi, ajralmalar, tumov.); -Allergik konyuktivit (ko’z qizarishi, ko’z yosh oqishi, qovoqlar qichishishi.); -Atopik dermatit (qichiydigan toshma toshishi); -Anafilaktik shok (xushdan ketish, nafas tuxtashi.) Ikkilamchi belgilari -Bosh og’riq; -Ishtaxa pasayishi; -Tez charchash; -Ko’ngil aynishi, qayt qilish; -Jizzakilik.

  • UY SHAROITIDA DAVO YO’LLARINI QULLASH

Qichitqi o’t qichitmaydi…

Allergik holatlarda qichitqi o’t (krapiva) tindirmasi foyda beradi. Bir osh qoshiq yangi qichitqi o’t yoki qurug’ining gulinibir stakan qaynoq suvga soling, Qalin matoga o’rang, yarim soatcha tursin. Keyin dokada suzib, kuniga 4-5 mahal yarim stakandan yoki 3 mahal bir stakandan iliq holida ichasiz. Damlama har gal yangidan tayyorlanadi. Bu shifobaxsh bo’lib, badandagi qichishishlarni yo’qotadi, allergiyalardan sizni himoyalaydi.

Sharbatlar yordamida…

200 g dan sabzi, lavlagi hamda turpning yangi siqilgan sharbatidan bir stakan olasiz. so’ng bir stakan toza asal hamda 1 litr tibbiyot spirti (suv qo’shib , 40 foizga keltirilgani) aralashtiriladi. Shisha idishga solib, qopqog’ini mahkamlang-da, qorong’u va salqin joyda saqlang. Ertasidan boshlab bu tindirmadan bir kunda uch mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin 20-30 g dan qabul qilinadi. Ilk kunlarda bir osh qoshiqdan, biror hafta o’tgach, ikki osh qoshiqdan ichiladi. 2-3 haftalar o’tkach, tindirmadan kuniga 20 g qabul qilish mumkin.

Alohida eslatmalar!

  • Unutmanki allergiyaga moyilingiz bo’lsa allergik mahsulotlar masalan (baliq, ikra, qisqichbaqa, sitrus mevalar, qizil rangdagi rezavorlar, asal, shokolad, qahva, singarilar)ni istemol qilmay turganingiz ma’qul.
  • Ari, asalari va qovoqari chaqishidan o’zingizni ehtiyotlang. Qanotli hashoratlarni jalb qiladigan utkir hidli atirlar sepmang.
  • Allergiya tufayli paydo bo’lgan teridagi toshmalarni davolashda servitamin ovqatlanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan ho’l meva va sabzavotlar, oshko’klar, anjir iste’mol qilib turish zarur.

P/S: Unutmang, har bir organizm o’ziga xos! reseptlarni qo’llash jarayonida nojuya ta’sir sezilsa albatta mutahasis bilan maslahatlashing.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *