Anemiya (kamqonlik) uy sharoitida davolash.

Anemiya (kamqonlik) uy sharoitida davolash.
  • BELGILARI

-Tez charchash; -Umumiy holsizlik; – Asabiylashish; -Tez bosh aylanishi; -Quloqda shovqin; -Xansirash; -Yurak tez urushi; -Sovuq oyoq-qo’llar; -Teri oqargan, ko’kimtir tusda; -Ko’z skleralari sarg’aygan; -Burun, milk, oshqozon-ichak yo’lidan qon ketishi; -Siydik to’q rangga bo’yalishi.

  • UY SHAROITIDA DAVO YO’LLARINI QULLASH

Ko’katlar

Yashil bargli sabzavotlar sizning dietangizga qo’shish uchun juda to’yimli. Bu bargli ko’katlarga ismaloq, karam, chard kiradi. Yashil o’simliklar sizning umumiy sog’lig’ingizni saqlash va dietangizga temir vitamin C qo’shishning muhim qismidir.

Sitrus mevalar

Sitrus mevalari kamqonlik bilan og’riganlar uchun juda muhim, chunki ular temirni o’zlashtirishga yordam beradigan ko’p miqdorda S vitamini o’z ichiga oladi. Bunga apelsin, limon, banan, greyfurt kabilari kiradi.

Lavlagi

Animeyani davolash uchun mutlaqo zarur bo’lgan sabzavot – bu lavlagi. Bu sabzavot temir moddasiga boy bo’lgani uchun qondagi gemoglabin miqdorini oshirishga yordam beradi. Shuning uchun muntazam iste’mol qilish bilan qondogi kislorod darajasi asta-sekin o’sib boradi. Siz lavlagini pishirilgan shaklda yoki xom salat sifatida iste’mol qilishingiz mumkin. Shu bilan bir qatorda, bu ajoyib sabzavotni qirg’ichdan o’tkazib yoki sharbatini chiqarib iste’mol qilishingiz mumkin.

Xurmo, mayiz va anjir

Mayiz va xurmo C vitamini va temir moddasining ajoyib manbaidir. C vitamini immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi va shu bilan tanangizga temirni samaraliroq singdirishga yordam beradi. Anjir tarkibida temir, A vitamini, magniy va foliy kislotasi mavjud. Haftada kamida 3 marta ertalab bir hovuch anjir, xurmo va mayizni iste’mol qilish gemoglobin darajasini oshirishi mumkin.

Ismaloq va seldr

Anemiya odatda qon oqimi inson tanasida kerakli darajada gemoglabin ishlab chiqarishga qodir bulmaganda qonda foliy kislotasi yetishmasligidan kelib chiqadi. Agar siz muntazam ravishda ismaloq va seldereyni iste’mol qilsangiz kamqonlikka uchramasligingiz mumkin. Ushbu yashil bargli kukatlar B12 vitamini, foliy kislotasi va boshqa muhim oziq moddalarning tabiiy manba bulib ularni kundalik taomingizning bir qismiga aylantirsangiz ular qisqa vaqt ichida uzining ijobiy ta’sirini kursatadilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *