Uy sharoitida davo yullarini qullash.
- Muz qisqa muddatga og’riqni qoldirishga yordam beradi. Xasta tishga muz bo’lakchasi qo’yish orqali mahalliy narkoz ta`siri bilan tenglashadigan natijaga erishiladi Faqatgina tasir 5 daqiqadan keyin yo’qoladi.
- Og’iz iste`mol sodasi eritmasi bilan chayish. Bir stakan suvga 1 choy qoshiq soda solinadi. Eritmaga bir choy qoshiq tuz va bir necha tomchi yod eritmasi qushish ham mumkin.
- Chayish uchun mavrak (shalfey) damlamasi. Uni tayyorlash uchun 1-2 choy qoshiq o’tga qaynoq suv solinadi va suv hammomida 15-20 daqiqa davomida ushlab turiladi. Damlamani qullashdan oldin uni iliq haroratga keltirib olish zarur, Aks holda issiqlik og’riqni kuchaytirishi va agar yiring mavjud bulsa, uning tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin. Mavrak o’rniga moychechak va dalachoy o’simliklari, yalpizdan foydalanishga ham ruxsat etiladi.
- Turli yog’lar qo’llash. Buning uchun choy daraxti, qalampirmunchoq (gvozdika), pixta yog’lari ishlatilishi mumkin. Vosita paxta bilan shimdirib olinadi va og’riqli joyga quyiladi. Agar ularni topish imkoni bolmasa, valeriana, evkalipt, propolis eritmalaridan foydalanish mumkin.
Agar og’riq uy sharoitida qolmasa yoki boshqa bir alomatlar kuzatilsa shifokorga murojat qilishingiz lozim….
Leave a Reply